«Aeroflot» aviakompaniyasining Bangkok-Moskva yo’nalishi bo’yicha AFL271 reysi bo’lgan samolyoti Samarqandda favqulodda qo’nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, bortida 114 yo’lovchi bo’lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 17:52 da Samarqand aeroportiga qo’ndi.
Samolyotning qo’nishiga sabab – homilador yo’lovchining muddatidan oldin qisqarishi boshlangan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo’ndirishga qaror qildi.
Aeroportga qo’ngach, yo’lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko’rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Izohlarni ko`rish