Angliyaning Goal nashri futbol tarixidagi eng omadsiz transferlar reytingini e’lon qildi.
Ro’yxatdan 14 ta transfer o’rin oldi. Shulardan bittasi 2009 yilda, qolgan 13 tasi 2010 yildan keyin sodir bo’lgan. Hujumchi Romelu Lukaku reytingdan ikki marta joy olgan yagona futbolchiga aylandi.
Ro’yxat quyidagicha ko’rinish olgan:
1. Filippe Koutino (2018 yil, 120+40 mln yevro evaziga «Liverpul»dan «Barselona»ga);
2. Antuan Grizmann (2019 yil, 120 million yevro evaziga «Atletiko»dan «Barselona»ga);
3. Joau Feliks (2019 yil, 126 million yevro evaziga «Benfika»dan «Atletiko»ga);
4. Usmon Dembele (2017 yil, 105 million yevro evaziga «Borussiya»dan «Barselona»ga);
5. Pol Pogba (2016 yil, 89,5 million funt evaziga «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga);
6. Eden Azar (2019 yil, 130 million funt evaziga «Chelsi»dan «Real»ga):
7. Harri Maguayr (2019 yil, 80 million funt evaziga «Lester»dan «Manchester Yunayted»ga);
8. Romelu Lukaku (2021 yil, 97,5 million yevro evaziga «Inter»dan «Chelsi»ga);
9. Xames Rodriges (2014 yil, 80 million yevro evaziga «Monako»dan «Real»ga);
10. Nikolya Pepe (2019 yil, 79 million yevro evaziga «Lill»dan «Arsenal»ga);
11. Alvaro Morata (2017 yil, 60 million yevro evaziga «Real»dan «Chelsi»ga);
12. Kepa Arrisabalaga (2018 yil, 72 million yevro evaziga «Atletik»dan «Chelsi»ga);
13. Romelu Lukaku (2017 yil, 75 million yevro evaziga «Everton»dan «Manchester Yunayted»ga);
14. Zlatan Ibrahimovich (2009 yil, 69,5 million yevro evaziga «Inter»dan «Barselona»ga).