Faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan Germaniya terma jamoasi va “Real”ning sobiq futbolchisi Mesut O’zil portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan o’ynagan davrlarini esladi.
“Krishtianu bilan o’ynash men uchun ajoyib bo’ldi. U men uchun barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisidir. Maydonda bir-birimizni yaxshi tushundik, mukammal o’zaro ta’sir o’tkazildi. Men golli uzatmalarni berdim, Ronaldu esa gollarga mualliflik qildi», – deya esladi Mesut.
Eslatib o’tamiz, O’zil 2010 yildan 2013 yilgacha Madrid klubida o’ynagan.
Izohlarni ko`rish