Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoa safida ketma-ket 20 yildan beri gol urmoqda, deb xabar beradi Squawka Football.
Eslatib o’tamiz, bir kun avval 38 yoshli to’purar Lixtenshteynga qarshi Yevropa chempionati – 2024 saralash bahsida dubl qayd etgandi. Portugaliya 4:0 hisobida g’alabani tantana qildi.
Kechagi jang Krishtianu uchun xalqaro miqyosdagi 197-jang bo’ldi. Endi bu ko’rsatkich bo’yicha portugaliyalik futbolchi rekordchi sanaladi.
Izohlarni ko`rish