«Real» Mbappe bilan shartnoma imzolashdan bosh tortishi mumkin

ABC xabariga ko’ra Madridning “Real” klubi “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolashdan bosh tortadi, agar futbolchi franssuz klubi bilan yangi shartnoma imzolasa.

Manbaga ko’ra, parijliklar klubi hujumchiga 2024 yilning yoziga qadar yangi shartnoma taklif qilgan. Mbappening oilasi uni klub taklifini qabul qilishini talab qilmoqda. «Real Madrid» nima bo’layotganidan xabardor, ammo hech narsa qilmaydi, chunki ular futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

23 yoshli Mbappe joriy mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 27 ta o’yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.