«Barselona» Dembeleni 31 yanvargacha sotib yuboradi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Usmon Dembelening javobini kutmaslikka qaror qildi. Klubning eng yuqori maoshini oladigan fransiyalik futbolchi «ko’k-anorranglilar» bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas, qolaversa, Dembele bu qarori bilan «Barselona»ning transfer bozoridagi imkoniyatlarini og’irlashtirmoqda.

«Dembelening «Barselona»da o’ynash niyati yo’q ekanligi tushunarli. U bizning loyihamizni asosiysi bir qismi bo’lishni xohlamayapti. Biz Dembelega tezroq klubdan ketishini aytdik. Usmonni 31 yanvargacha sotib yuborishni mo’ljallayapmiz», – dedi «Barselona» direktori Mateo Alemani.