Italiya kubogi. «Roma» – «Lechche» – 3:1

Italiya kubogining 1/8 final uchrashuvlari o’z nihoyasiga yetdi.

«Roma» o’z maydonida «B» seriya vakili «Lechche» klubini qabul qildi. Uchrashuv 3:1 hisobida Joze Mourino jamoasining g’alabasi bilan yakun topdi.

E’tiborlisi shundaki, uchrashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov gol urishga muvaffaq bo’ldi. U 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 81-daqiqada raqib darvozasini ishg’ol qildi.

Shu tariqa, «Roma» keyingi bosqichga yo’llanma oldi.

Italiya kubogi

«Roma» – «Lechche» – 3:1

Gollar: Kumbulla (40), Abraham (54), Shomurodov (81) – Kalabrezi (14)