«Real» «Barselona»ni 2:1 natija bilan mag'lubiyatga uchratdi

Futbol bo’yicha Ispaniya La Ligasining 10-turida «Barselona» va «Real» klublari 24 oktyabr, yakshanba kuni o’zaro to’qnash keldi.

 

Uchrashuvning birinchi bo’limi teng kurashlar ostida o’tdi va har ikki jamoa vakillari bir qator golga tortadigan vaziyatlar bo’ldi. 32-daqiqada madridliklar himoyachisi David Alaba o’zi boshlagan qarshi hujumni chiroyli gol bilan yakunladi.

 

Ikkinchi bo’limga qo’shib berilgan daqiqalarda jamoalar bir martadan gol urishga muvaffaq bo’ldi: Lukas Vaskes madridliklarning yana bir qarshi hujumini golga aylantirgan bo’lsa, so’nggi daqiqada Serxio Aguero hisobni qisqartirdi.

 

«Real» ochkolarini 20 taga yetkazib olgan holda birinchi o’ringa ko’tarildi. «Barselona» 15 ochko bilan 8-pog’onada bormoqda.

 

La Liga

 

10-tur bahsi

 

24 oktyabr, yakshanba

 

«Barselona» — «Real Madrid» 1:2

Gollar: 0:1 – 32 Alaba, 0:2 – 90+4 Vaskes, 1:2 – 90+7 Aguero.

 

«Barselona»: ter Shtegen, Mingesa (Koutino, 46), Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, Frenki de Yong (Serxi Roberto, 77), Gavi (Lyuk de Yong, 85), Dest, Depay, Fati (Aguero, 74).

 

«Real Madrid»: Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior (Asensio, 86), Rodrigo (Valverde, 72 (Karvaxal, 90+2).

 

Ogohlantirishlar: Pike (58), Mendi (80).