Xonanda Billi Aylish atir ishlab chiqara boshladi. Bu haqda u Instagram sahifasida ma’lum qildi.
«Nihoyat siz bilan debyut Eilish nomli atirni baham ko’rayotganimdan bag’oyat xursandman. Bu men uchun dunyodagi eng sevimli ifor», — deb yozib qoldirgan u.
Billi palitradagi turli gullar iforini his qiladi. Uni hamisha qahrabo (yantar) ifori o’ziga rom etgan. Shu sabab bo’lsa kerak Eilish’ni ishlab chiqarishda mushk, daraxt, ziravorlar va vanil notalaridan foydalanilgan. Yangi iforning flakoni tilla rangda bo’lib, unga Billining imzosi tushirilgan. Eilish atiri 2021 yilning noyabridan sotuvga chiqariladi. Sayt orqali xarid qilish mumkin bo’lgan iforning narxi hozircha ma’lum emas. Avvalroq Billi Aylish o’zining konsert-filmi treylerini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.