«Real» 2023 yilda Mbappeni «PSJ»dan sotib olishga urinib ko'radi

«Real» klubi 2023 yilning yozida hujumchi Kilian Mbappeni «PSJ»dan sotib olishga urinib ko’radi. Bu haqda «La Gazzetta dello Sport» xabar tarqatdi.

Parijliklar tomonidan 24 yoshli futbolchi bilan tuzilgan katta summadagi shartnoma ham Florentino Peresani cho’chitmayapti. U Mbappe uchun kerakli pulni to’lashga tayyor.

«Real» «PSJ»ga 150 mln taklif qilishga, futbolchining o’ziga esa maoshdan tashqari turli bonus va mukofotlar taklif qilishga tayyor.