Bugatti kompaniyasi 1930 yildan beri mini-avtomobillar ishlab chiqaradi. Yaqinda taqdim etilgan Bugatti Baby II Carbon Edition nomli o’yinchoq mashina har jihatdan qoyil qoldirmoqda.
U retro usulda yasaldi. Bolalarga mo’ljallangan, katta ko’chada haydash mumkin emas. Saloniga 1,9 metr bo’lgan bola sig’adi. Xohishga ko’ra dvigatel quvvatini kamaytirish yoki aksessuarlar qo’shish mumkin.
O’yinchoq bo’lgani bilan soatiga 68 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Konstruksiyasi qimmatga tushgani uchun unga yuqori narx belgilandi: 85 ming dollar.
Izohlarni ko`rish