Messining surati Argentina banknotlarida aks etishi mumkin

Hujumchi Lionel Messining surati Argentina banknotlariga joylashtirilishi mumkin.

Argentina Milliy banki jamoaning Qatardagi jahon chempionatidagi g’alabasini abadiylashtirish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda. Ular Messi suratini 1000 peso (572 ming so’m) puliga qo’ymoqchi.

Bunga banknotaning nominal qiymati Argentina terma jamoasi sardorining o’yin raqami “10”dan boshlanishi sabab bo’lgan. Orqa tomonda ular «La Scaloneta» yozuvini qo’yishlari mumkin – terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni taxallusi.

Ma’lumot o’rnida, Argentina terma jamoasi Fransiyani penaltilar seriyasida mag’lub etib, jahon chempionligini qo’lga kiritgan edi.