Rashid Talipov O'zbekiston milliy karate federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi

Sportni rivojlantirish vazirligida O’zbekiston karate WKF federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Bunga qadar Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog’liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mas’ul xodimi bo’lib ishlagan Rashid Azatovich Talipov nomzodi O’zbekiston karate milliy federatsiyasi raisi lavozimiga delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Shu paytgacha federatsiya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Alamjon Mullayev, shuningdek, federatsiyaning turli rahbarlik organlarida mehnat qilib kelayotgan Baxtiyor Nigmatullayev, Anvar Muhamedov, Saparmurod Jiemurotov, Ilhom Mamadaliyev, Burxon Rahmonov hamda Dilnoza Bakirova rais o’rinbosarlari, bungacha federatsiya Ijrochi direktori lavozimida ishlagan Farruh Toshkenboyev federatsiya bosh kotibi etib saylandi.

OlympicUz