«Barselona» va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde 3-4 haftani o’tkazib yuborishi mumkin, deb xabar beradi Marca.
23 yoshli fransuzda femoris biceps yirtilgan deb gumon qilingan. Tez orada u chuqurlashtirilgan ko’rikdan o’tadi.
“Barselona” himoyachisi Millatlar ligasi doirasidagi Fransiya – Avstriya uchrashuvida (2:0) asosiy tarkibdan joy oldi va 23-daqiqadayoq almashtirildi.
Kunde yozgi transfer oynasida «Sevilya»dan «Barselona»ga o’tgan edi.
Izohlarni ko`rish