Moskvaning «Lokomotiv» klubida faoliyat olib borayotgan Ralf Rangnik «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishdi.
Germaniyada «cho’qintirgan ota» laqabini olgan 63 yoshli mutaxassis MYu boshqaruviga keladi. Kelishuvga asosan u may so’ngigacha menejerlik qiladi.
Keyinchalik yana 2 yillik maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.
Rangnik Germaniya klublaridagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish. Ayniqsa, u «Leypsig»ni Bundesligaga olib chiqqani ortidan mashhurlikka erishgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, uning mehnat vizasi rasmiylashtirilmagani tufayli yakshanba kuni «Chelsi»ga qarshi o’yinda jamoaga yordam berolmaydi.
Izohlarni ko`rish