Qatarning sobiq bosh vaziri (2007-2013), «Manchester Yunayted»ni 5,4 milliard dollarga sotib olmoqchi bo’lgan Shayx Jassimning otasi – Hamad bin Jassim bin Jobir Ol Tani o’g’lining tashabbusini qo’llab-quvvatlamadi.
«Men futbol muxlisi emasman. Menga bunday investitsiyalar yoqmaydi. Lekin bilasizmi, ba’zi o’g’limlarim futbolni yaxshi ko’radilar, ular men bilan doim bu haqda muhokama qilishadi. Ular menga katta bosim o’tkazishdi, lekin bu mening mutaxassisligim emas. Buni quyidagicha izohlashga ijozat bering: men investorman. Agar bir kun kelib bu yaxshi sarmoyaga aylansa, men «Manchester Yunayted»ni sotib olishni o’ylab ko’raman» – dedi Shayx Jassimning otasi.
Izohlarni ko`rish