“Real” Mbappega qiziqish bildirmoqda

Madridning “Real” klubi “PSJ” hujumchisi Killian Mbappega qiziqish bildirmoqda.

Abc.es nashri xabariga ko’ra, «qaymoqranglilar» yozgi transfer oynasida 24 yoshli fransiyalik futbolchi uchun taxminan 220 million yevro to’lashga tayyor.

Eslatib o’tamiz, Mbappe o’tgan mavsum yakunlanganidan keyin «Real»ga o’tishga yaqin turgandi, biroq so’nggi daqiqada futbolchi «PSJ» bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Oldinroq parijliklar uchun asosiy to’purarni saqlab qolish ustuvor variant ekani xabar qilingandi.

Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 29 ta o’yinda 29 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining shartnomasi 2025 yilgacha mo’ljallangan. Transfermarkt portali hujumchining narxini 180 million yevroga baholamoqda.