Qatarda bo’lib o’tadigan jahon chempionatiga yo’llanma olgan barcha terma jamoalarga allaqachon 1,5 mln $dan berilgan. Bu mablag’ jahon chempionatiga tayyorgarlik vaqtidagi xarajatlarni qoplash uchun hisoblab chiqilgan.
Guruhdan chiqa olmagan har bir jamoa 9 mln $;
1/8 finalda mag’lub bo’lganlar 13 mln $;
1/4 finalda mag’lub bo’lgan jamoalar 17 mln $ oladi.
Agar jamoa yarim finalda va uchinchi o’rin uchun o’yinda mag’lub bo’lsa, 25 mln $, uchinchi o’rinni egallagan jamoaga esa yana 2 mln $ qo’shimcha to’lanadi.
Finalchi 30 mln $, 2022 yilgi jahon chempionatida g’olib chiqqan terma jamoa esa 42 mln $ ishlab oladi.
Qatar-2022’dagi barcha to’lovlar rekord darajadagi jami 1 mlrd $ni tashkil etadi, bu 2014 yilgi Braziliyadagi jahon chempionatidan deyarli ikki barobar ko’p.