«MYu» Ronaldu tasviri tushirilgan plakatni «Old Trafford»dan olib tashladi

«Old Trafford» stadionining tashqi qismiga o’rnatilgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning surati bor banner olib tashlandi.

Noyabr oyi boshida jamoa safida 7-raqamda o’ynagan mashhur futbolchilarning umumiy surati stadionga ilib qo’yilgandi. Unda Erik Kantona, Devid Bekxem, Brayan Robson kabi fubolchilar qatorida Ronalduning rasmi ham bor edi.

«MYu» ushbu loyihani «Adidas» bilan birga ishlab chiqqan va unga «More Than Just A Shirt» (bu shunchaki futbolka emas) shoiri berilgandi.