“Atletiko Madrid” hujumchisi Joau Feliks Liga 1da professional faoliyatini davom ettirishga tayyor.
Avvalroq parijliklar jamoasi rahbariyati 23 yoshli portugaliyalikning ehtimoliy transferi ustida faol ish olib borayotgani haqida xabar berilgandi. Futbolchi 2023 yilning yanvarida “matraschilar” lagerini tark etishi mumkinligi xabar qilingan. “PSJ” klub sport direktori Luis Kampos hamyurtini ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o’tamiz, portugaliyalik futbolchi 2019 yilda 126 million yevro evaziga “Atletiko”ga o’tgandi. Shundan so’ng u Simeone jamoasida 128 o’yinda 32 ta gol urdi. Joau Feliks va matraschilar o’rtasidagi amaldagi kelishuv 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Izohlarni ko`rish