Makgregor «Liverpul»ni sotib olishga tayyor ekanligini bildirdi

Aralash yakkakurashlar yulduzi, UFC jangnlarida ishtirok etuvchi Konor Makgregor Angliyaning “Liverpul” klubini sotib olishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda irlandiyalik sportchi ijtimoiy tarmoqlarida post qoldirdi.

«Men bu klubni sotib olishni istardim. «Liverpul» sotuvga qo’yilganini eshitishim bilanoq bu haqda ma’lumot so’radim» – deb post qoldirdi Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq, dubaylik investorlar «Liverpul» klubini sotib olmoqchi ekani xabar qilingandi. Potensial bitim summasi 4,9 milliard yevroga baholanmoqda.