Krishtianu Ronaldu erkin agent bo’lib turibdi. U bir necha hafta oldin «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bekor qilgandi. «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi Ronalduning transferi haqidagi savolga javob berdi.
“Ronaldu bilan shartnoma imzolayapsizmi? Bizda Messi, Neymar va Mbappe bor, shuning uchun bu juda qiyin vaziyat. Lekin men unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. U hali ham ajoyib o’yinchi», – dedi Al-Xelayfi, Goal.com saytiga.
Hozirda Krishtianu Ronalduning faoliyatini davom ettirishi mumkin bo’lgan joy Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubidir. Biroq hozircha portugaliyalik kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo’q.
Izohlarni ko`rish