Krishtianu Ronaldu «Al-Nassr»ga o'tishini inkor etdi

Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o’rin olgan Portugaliya va Shveysariya jamoalari o’rtasidagi o’yin nihoyasiga yetdi. Mazkur bellashuvda portugallar 6:1 hisobida g’alaba qozondi.
Ushbu bahsdan so’ng portugallar sardori Krishtianu Ronalduga uning «Al-Nassr»ga o’tayotgani haqida savol berishdi.

«Yo’q, yo’q. Bu haqiqat emas. Sizlarga noto’g’ri ma’lumot tarqatishgan», – deya qisqa qilib javob qaytargan Ronaldu.

Eslatib o’tamiz, chorak finalda Portugaliya terma jamoasi Marokashga qarshi bahs olib boradi.