«PSJ» Mbappe va Neymar o'rtasidagi mojaroni muhokama qiladiParis Saint-Germain’s French forward Kylian Mbappe (L) is subsituted off for Brazilian forward Neymar (R) during PSG’s Japan Tour football match against Urawa Reds at the Saitama Stadium in Saitama on July 23, 2022. (Photo by Toshifumi KITAMURA / AFP) (Photo by TOSHIFUMI KITAMURA/AFP via Getty Images)

Kilian Mbappe va Neymar o’rtasida yuzaga kelgan mojarodan «PSJ» klubi rahbariyatining jahli chiqdi. «Monpelye»ga qarshi o’yindan (5:2) so’ng Neymar ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan fikrlarga «layk» bosib, ushbu mojaroga zamin yaratdi.

Xususan, «Neymar bugun yana bir bor penaltini aniq amalga oshirdi. Mbappe esa noaniq bajardi. O’yindan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida «PSJ» bosh murabbiy Mbappe jamoaning doimiy penalti tepadigan futbolchisi bo’lishini aytdi. Absurd!» – deb yoziladi Neymarga yoqqan postlardan birida.

Bundan tashqari, Mbappe «PSJ»dan Neymarni sotib yuborishni so’ragani haqida ma’lumotlar tarqaldi.

«L’Équipe» tarqatgan xabarga ko’ra, klub ikki o’yinchi o’rtasida uchrashuv tashkil qilib, yuzaga kelgan keskinlikni barham toptirishga harakat qildi. Uchrashuvda bosh murabbiy Kristof Galtye va klub sport direktori Luish Kampush ishtirok etadi.