G'alaba!

Ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o’yinlari xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

Bugun, 15 avgust kungi dasturlardan o’rin olgan og’ir atletika bahslari boshlandi.

-87 kg vazn toifasida Tursunoy Jabborova dast ko’tarish mashqida oltin medalga sazovor bo’ldi. Ushbu yo’nalishda kattalar o’rtasida amaldagi jahon chempioni hisoblanmish Jabborova dastlab 102 kg, so’ng 106 kg va yakuniy urinishda 109 kg natija qayd etdi. Ahamiyatlisi, u 102 kg toshni bo’ysundirganida mazkur yo’nalishdagi oltin medal taqdiri hal bo’lib ulgurgan edi. U qayd etgan 109 kg esa musobaqaning yangi rekordi sifatida qayd etildi.