Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike va klub prezidenti Joan Laporta o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi va unda futbolchi jamoaga imkon qadar yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.
AS nashrining yozishicha, futbolchi jiddiy moliyaviy imtiyozlarga yo’l qo’ygan – Jerar «ko’k-anorranglilar» tarkibida bir mavsumni maoshsiz o’tkazishga rozi bo’lgan. Shu bilan birga, Pike qandaydir katta bo’lmagan pul ishlab oladi. Bu shaxsiy muvaffaqiyat va jamoa natijalari uchun bonus to’lovlari bo’ladi.
Laporta boshqa futbolchilar Jerardan o’rnak olishlarini kutmoqda. Bu kataloniyaliklarga joriy transfer oynasida yangi futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazishga yordam beradi.
Izohlarni ko`rish