Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» kiyinish xonasida o’ziga bo’lgan ishonchni yo’qota boshladi. The Sun nashrining yozishicha, 37 yoshli hujumchining kelajagi borasidagi noaniqlik jamoadagi vaziyatni taranglashtirmoqda. KriRo haqidagi doimiy mish-mishlar tufayli o’yinchilar diqqatlarini ishga to’liq to’play olmayapti.
Manba bergan xabarga ko’ra, bir necha futbolchilar murabbiylar shtabiga Ronalduni jamoada ko’rishni istamasliklarini aytgan. Ular portugaliyalik futbolchining «Manchester Yunayted»da o’ynash motivatsiyasiga shubha qilishmoqda.
Krishtianuning o’zi «mankunianliklar» safini tark etib, Chempionlar ligasiga yo’l olgan jamoaga o’tmoqchi. Hujumchiga «Bavariya», «Atletiko» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirilgan