Fransiya termasi o’rtoqlik uchrashuvida JAR termasini 5:0 hisobida mag’lub etdi.

Bahsda fransiyaliklar forvardi Kilian Mbappe dubl va assistni o’z hisobiga yozdirib qo’ydi. Shu tariqa Mbappe Fransiya termasi tarkibida ketma-ket besh o’yinning barchasida ikkitadan samarali harakatni amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi.

Mbappe termasi tarkibida 26 gol urgan. Bu boradagi ro’yxatni 51 gol bilan Tyerri Anri boshqarib bormoqda.

Ushbu mavsumda Mbappe PSJ tarkibida 26 o’yinda qatnashib, 15 gol va 10 assist qayd etdi.