«Paxtakor» yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev faoliyatini Janubiy Koreya chempionatida davom ettiradi.
«Paxtakor» futbolchisi Key-Liga ishtirokchisi «Kanvon»ga transfer qilingan. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Transferning moliyaviy tafsilotlari ochiqlanmagan.
28 yoshli futbolchining «sherlar» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning dekabriga qadar mo’ljallangandi.
Aliboyev bunga qadar Janubiy Koreyaning «Seul» (2018—2021) va “Tejon Sitizen” (2021) klublarida faoliyat yuritgan.
«Kanvon» Key-Liga 2022 yilgi mavsumida 12 jamoa ichida 6-o’rinni egallagandi.
Izohlarni ko`rish