Bayraming bilan! Jorjina Ronalduni qimmatbaho mashina bilan tabrikladi

«Real» va «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu Rojdestvo bayrami uchun sevgilisi Jorjina Rodrigesdan ajoyib sovg’a oldi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

37 yoshli portugaliyalik futbolchi bayram munosabati bilan qizil bog’ich bilan bezatilgan Rolls-Royce avtomobilini qabul qilib oldi. Bunday mashinaning narxi taxminan 430 ming dollarni tashkil qiladi.

Ronaldu futbolchilik faoliyatidagi eng yaxshi davrlarni boshdan kechirmayapti. Krishtianu «Manchester Yunayted»ni shov-shuvli tarzda tark etganidan keyin bir oy davomida klubsiz qoldi.