Boks afsonasi Mayk Tayson ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Konor Makgregorga maslahat berdi.
«Mag’lubiyatdan so’ng Konorga sal osonroq jangchiga qarshi oktagonga ko’tarilib, g’alaba qozonib olishi lozim. Konor sen o’zingga bo’lgan ishonchingni oshirib olishing uchun bir nechta jangda g’alaba qozonishing lozim. Osonroq raqibdan boshlab kuchliroq jangchiga qarshi sekin sekin jang qilishi lozim bo’ladi.
Toniga qarshi jang? Bu jang ham unga qiyinchilik tug’diradi. Toni jangchi! U janglarda mag’lub bo’lmoqda, biroq har bir jangida ajoyib harakat qiladi. Fergyusoni mag’lub etish juda qiyin»,-dedi Mayk Tayson.
Izohlarni ko`rish