O'zbek shaxmatchisi Hindistondagi turnirda g'olib bo'ldi

Shu yilning 31 mart sanasida Hindistonning Gujarat shahrida boshlangan “3rd Gujarat International Open GrandMasters Chess Tournament 2022″ xalqaro shaxmat turniri kecha o’z yakuniga yetdi.

Quvonarli jihati, dunyoning 13 davlatidan 376 nafar shaxmatchi ishtirok etgan turnirda o’zbekistonlik shaxmatchi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Hamyurtimiz, xalqaro master Ortiq Nig’matov turnirda 8,5 ochko bilan 1-o’rinni egalladi. Shuningdek, xalqaro turnirda qatnashgan yana bir vakilimiz, xalqaro master Abdumalik Abdusalimov esa 8 ochko bilan 5-o’ringa sazovor bo’ldi.