Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hujumchi Kilian Mbappening «PSJ»da qolish qarorini qo’llab-quvvatladi.
23 yoshli fransiyalik futbolchi «Real»ning taklifini rad etdi va Parij klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.
«Men Mbappe bilan gaplashishga muvaffaq bo’ldim, lekin uning o’zi «PSJ»da qolishga qaror qildi», – deya Makronning so’zlarini keltiradi RMC Sport. — Kilian juda yetuk ekanligini ko’rsatdi. U o’z karyerasini qurishga mas’uliyat bilan yondashadi”.
O’tgan mavsumda Mbappe parijliklar safida barcha musobaqalarda 46 ta o’yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlarni ko`rish