«Oltin to'p»ga da'vogarlar reytingi yangilandi

Goal nashri «Oltin to’p-2023»ga da’vogar o’yinchilar reytingini yangiladi.

Unga ko’ra, bu boradagi ro’yxatda hamon «PSJ» forvardi Lionel Messi karvonboshchilik qilmoqda. Erling Holand va Kilian Mbappe avvalgidek uchlikda qolgan.

Qayd etish joiz, joriy top-20 reytingga bu safar Rodrigo («Real»), Leau («Milan») va Lautaro («Inter») singari o’yinchilar qo’shildi.

Top-20lik ro’yxatdan quyidagi o’yinchilar joy olgan:

1. Lionel Messi («PSJ», avvalgi o’rnida qoldi);

2. Erling Holand («Manchester Siti», avvalgi o’rnida qoldi);

3. Kilian Mbappe («PSJ», avvalgi o’rnida qoldi);

4. Vinisius Junior («Real», avvalgi o’rnida qoldi);

5. Karim Benzema («Real», avvalgi o’rnida qoldi);

6. Viktor Osimhen («Napoli», avvalgi o’rnida qoldi);

7. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», o’tgan oyda – 8-o’rin);

8. Xvicha Kvarasxeliya («Napoli», o’tgan oyda – 7);

9. Robert Levandovski («Barselona», o’tgan oyda – 10);

10. Markus Reshford («Manchester Yunayted», o’tgan oyda – 9);

11. Rodrigo («Real», ro’yxatga qo’shildi);

12. Xulian Alvares («Manchester Siti», o’tgan oyda – 15);

13. Bukayo Saka («Arsenal», avvalgi o’rnida qoldi);

14. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted», o’tgan oyda – 12);

15. Rafael Leau («Milan», ro’yxatga qo’shildi);

16. Nikolo Barella («Inter», o’tgan oyda – 14);

17. Kazemiro («Manchester Yunayted», o’tgan oyda – 11);

18. Martin Edegor («Arsenal», o’tgan oyda – 19);

19. Mayk Menyan («Milan», o’tgan oyda – 18);

20. Lautaro Martines («Inter», ro’yxatda yangi).