Meksikada o’smirlar o’rtasida bo’lib o’tayotgan jahon chempionatida O’zbekiston terma jamoasi vakillari 4 ta medal sohibi bo’lishdi.
Nigora Suvonova -76 kg vazn toifasida oltin medal uchun murosasiz raqobat olib bordi. Yakunda faqatgina misrlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va barcha yo’nalishlarda kumush medallar bilan taqdirlandi.
Abrorbek Ma’rufbekov -96 kg vazn toifasida bellashdi. U kuchli raqobatda 133 kg natija bilan dast ko’tarish mashqida bronza medaliga sazovor bo’ldi. Ikki kurashda esa uchinchi o’rin egasiga atigi 1 kg imkoniyatni boy berib, to’rtinchi o’rinda musobaqani yakunladi.
Jamoa hisobiga Nigora Suvonova uchta kumush, Ma’rufbekov bitta bronza medalini qo’shib quyishdi.
Izohlarni ko`rish