Germaniya milliy jamoasi bilan JCh-2022da muvaffaqiyatsizlikka uchragan Manuel Noyer bilan ta’tilda ham noxush holat yuz berdi.
«Bavariya»ning 36 yoshli darvozaboni Germaniya milliy jamoasi bilan uyiga ravona bo’lgach, qishki ta’tilga chiqdi. Qayd etilishicha, futbolchi chang’ida uchishda yiqilib, oyog’ini sindirib olgan. Noyer allaqachon oyog’ini gips qilgan va mavsum yakuniga qadar safdan chiqishi oydinlashgan.
«Yil yakuni men uchun yaxshiroq tugashi mumkin edi, ammo… Chang’i uchish paytida oyog’im sindi.
Kechagi jarrohlik amaliyoti yaxshi o’tdi. Shifokorlardan minnatdorman. Afsuski, joriy mavsum men uchun yakunlanganini qabul qilish og’riqli bo’lmoqda. O’zingizni ehtiyot qiling», – deya yozgan Noyer.
Eslatib o’tamiz, «Bavariya» YeChL 1/8 finalida «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi.