Niderlandiya-Argentina uchrashuvi vaqtida AQShlik jurnalist vafot etdi

Amerikalik jurnalist, CBS xodimi va “Bekxem eksperimenti” kitobi muallifi Grant Uol bugun, 10 dekabr kuni Niderlandiya va Argentina terma jamoalari o’rtasida Qatarda yakunlangan jahon chempionatining chorak final uchrashuvi vaqtida vafot etdi.

Bu haqda uning ukasi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Shuningdek, jurnalistning o’limini AQSh futbol federatsiyasi ham tasdiqladi. Marhumning ukasi Grantning sog’lig’i yaxshi ekanini ma’lum qildi. U Qatarda tahdidlar olgani uchun o’ldirilishi mumkin bo’lgan ukasining tabiiy o’limiga ishonmasligini aytdi.

Eslatib o’tamiz, Argentina penaltilar seriyasida Niderlandiya mag’lub etdi.