Nodirbek Abdusattorov sovrin jamg'armasi 1 mln dollar bo'lgan turnirda ishtirok etadi

Ozarbayjonning Boku shahrida bo’lib o’tgan Vugar Gashimov xotirasiga bag’ishlangan musobaqa chempioniga aylangan Nodirbek Abdusattorov jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Turnir joriy yilning 25-31-dekabr kunlari Olmaota shahrida (Qozog’iston) rapid va blits bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tadi.

Umumiy mukofot jamg’armasi 1 000 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.