«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlariga qanchalik ta’sir qilayotgani ma’lum bo’ldi.
The Athletic’ning yozishicha, futbolchilar ovqatlanish va sportga to’g’ri yondashuv bo’yicha portugaliyalik yulduzdan o’rganishmoqda. Masalan, ayrim o’yinchilar choy va qahvaga shakar qo’shib ichishni to’xtatishdi.
Avvalroq Ronaldu «Yunayted» futbolchilarining ishga munosabatidan norozi ekanligi va ular trenajyor zalida ortiqcha ishlashmayotganidan hayratga tushgani xabar qilingandi.
36 yoshli forvard bu mavsumda mankunianliklar safida barcha turnirlar doirasida 24ta o’yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlarni ko`rish