Mbappe, Neymar va Messining «PSJ»dagi oylik maoshi qancha ekani ma'lum bo'ldi

«PSJ» hujumchi Kilian Mbappega 6 mln yevro miqdorida oylik maosh to’lamoqda. Bu summadan soliq chiqarib tashlanadi.

24 yoshli futbolchi Fransiya chempionatining eng ko’p maosh oluvchi o’yinchi hisoblanadi. Neymarning oylik maoshi esa 3,675 million yevroga teng. Messi esa Neymarga nisbatan biroz kamroq maosh oladi — 3,375 million yevro.

«PSJ» safida eng ko’p maosh oluvchi futbolchilar (top-10):

1. Kilian Mbappe – 6 mln yevro (ofiga);

2. Neymar – 3,675 mln;

3. Lionel Messi – 3,375 mln;

4-5. Markinos va Marko Verratti – 1,2 mln;

6. Ashraf Hakimiy – 1,083 mln;

7. Janluidji Donnarumma – 916 ming;

8. Serxio Ramos – 791 ming;

9. Xuan Bernat – 730 ming;

10. Nordi Mukiele – 700 ming.