Neymar finallarda gol urish bo'yicha Ronalduni ortda qoldirdiNeymar JR of Paris Saint Germain (PSG) warms up prior to the French Ligue 1 Uber Eats soccer match between Paris Saint Germain and Troyes on May 8, 2022 in Paris, France. (Photo by Baptiste Fernandez/Icon Sport via Getty Images)

Yakshanba kuni «PSJ» «Nant» ustidan 4:0 hisobida g’alaba qozonib, Fransiya Superkubogini qo’lga kiritdi. Ushbu uchrashuvdagi dubl muallifi Neymar bo’ldi. Globo nashri xabariga ko’ra, urilgan ikkita gol Neymarga final o’yinlarida gol urish bo’yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirish imkonini berdi.

Endi Neymar hisobida 35 ta finalda 21 ta gol bor. Krishtianu Ronaldu ham 35 ta final uchrashuvida qatnashgan, biroq 20 bor raqiblar darvozasini ishg’ol qilgan.

Faol o’yinchilar orasida finalda eng ko’p gol urgan Lionel Messi. 46 ta hal qiluvchi jangda argentinalik yulduz 32 bor raqiblar darvozasini ishg’ol qilgan.

6 avgust kuni «PSJ» Liga 1ning birinchi turida «Klermon» bilan o’ynaydi.