Germaniyaning “Shtutgart” jamoasida to’p surayotgan avstriyalik hujumchi Sasha Kalayjich Tumanli Albionga ko’chib o’tishi mumkin. 25 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda, chunki, bu yozda Krishtianu Ronalduni yo’qotish xavfi bor.
Daily Mail nashri xabariga ko’ra, agar portugaliyalik futbolchi «Old Trafford»ni tark etsa, «mankunianliklar» Kalayjichning transferini amalga oshirishga harakat qiladi. Sashaning «Shtutgart» klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan, uning transfer narxi 25 million yevroga baholanmoqda.
Izohlarni ko`rish