Hindistonning Chennay shahrida o’tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O’zbekiston milliy jamoasi hal qiluvchi bahsda Niderlandiyaga qarshi dona suradi.
G’oliblikka yana bir da’vogar Armaniston Ispaniyaga qarshi bahs olib borsa, Hindiston AQSh, mezbonlarning ikkinchi tarkibi esa Germaniyaga qarshi ro’baro’ keladigan bo’ldi.
Chempionlik uchun O’zbekistonning niderlandlar ustidan 3:1 hisobida g’alaba qozonishi yetarli bo’ladi. Armaniston esa ispanlarga qarshi to’rt partiyada ham g’alaba qozona olmasa, vakillarimizni minimal g’alaba ham chempionlikni taqdim qiladi.
Eslatib o’tamiz, kuni kecha O’zbekiston milliy jamoasi Nodirbek Abdusattorovning turnirda hali mag’lub bo’lmagan Gukesh Dommarajmu ustidan erishgan qiyin g’alabasi evaziga Hindiston-2 bilan durang (2:2) qayd etib, so’nggi tur oldidan 17 ochko bilan turnir jadvalida etakchilikni saqlab qoldi. Armanistonda ham shuncha ochko bor, ammo kichik ustunlik vakillarimiz tomonida.