Moskva metrosi yo'lovchilari eng ko'p O'zbekistonga qo'ng'iroq qiladi

MTS kompaniyasi tadqiqot ma’lumotlariga ko’ra, xalqaro rouming qo’ng’iroqlarining qariyb 90 foizi bu davlatlarga to’g’ri keladi.

📲“Metro foydalanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan xalqaro rouming qo’ng’iroqlarining qariyb 90 foizi O’zbekiston, Armaniston, Qirg’iziston, Belarus va Sloveniyaga to’g’ri keladi. MTS abonentlari metrodan Bolgariya, Gretsiya, Italiya, Turkiya va Kiprga qo’ng’iroq qilishadi. Moskva metropoliten yo’lovchilari Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va AQShga deyarli qo’ng’iroq qilishmadi», – deyilgan xabarda.

Rossiyada telefon qo’ng’iroqlarining o’rtacha davomiyligi 1,5 daqiqa, xorijdagi qo’ng’iroqlar esa qisqaroq – o’rtacha 35 soniya.