Millatlar Ligasi. Angliya Italiyani yenga olmadi, Germaniya safarda ochko yo'qotdi, Niderlandiya o'z maydonida Polshani mag'lub eta olmadi

Futbol bo’yicha Millatlar Ligasining 3-turidan o’rin olgan bir qator o’yinlar 11 iyun tunida bo’lib o’tdi.

Angliya o’z maydonida Italiya bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Tomonlar bir ochkodan bo’lishib oldi.

Germaniya esa safarda Vengriya mehmoni bo’ldi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Zsolt Nad hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o’tib, Yonas Hoffman muvozanatni tikladi. O’yinning qolgan daqiqalarida darvozalar ishg’ol etilmadi.

Niderlandiya Polshani qabul qildi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Niderlandiya safida Devy Klassen va Denzel Dumfris gol urgan bo’lsa, Polsha safida Metti Kesh va Pyotr Zelinski o’z hisobiga gol yozdirib qo’ydi.

Uels va Belgiya o’rtasidagi o’yin ham 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Millatlar Ligasi

3-tur bahslari

11 iyun, shanba

Angliya – Italiya 0:0

Angliya: Remsdeyl, Jeyms, Maguayr, Tomori (Gehi, 88), Trippyer, Uord-Prouz, Grilish, Rays (Fillips, 65), Maunt (Bouen, 65), Sterling (Saka, 79), Abraham (Keyn, 65). 

Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Acherbi, Gatti, Dimarko (Florensi, 87), Lokatelli (Nonto, 64), Frattezi, Tonali, Pessina (Kristante, 88), Pellegrini (Espozito, 64), Skamakka (Raspadori, 77).

Ogohlantirishlar: Lokatelli (25), Grilish (29), Gatti (48), Uord-Prouz (81), Tonali (90+3).

Vengriya – Germaniya 1:1

Gollar: 1:0 – 6 Nad, 1:1 – 9 Hofmann. 

Vengriya: Gulachi, Fiola, Orban, Lang, Salai, Nad (Nego, 70), Shallai (Gazdag, 76), Nad, Soboslai, Salai (Adam, 69), Staylz (Vechei, 87).

Germaniya: Noyer, Zyule, Kerer, Shlotterbek, Raum, Hofmann (Nmecha, 85), Goretska (Gyundo’g’an, 69), Kimmix, Havers (Adeemi, 85), Musiala (Brandt, 78), Verner (Myuller, 78).

Ogohlantirishlar: Shallai (17), Shlotterbek (36), Gulachi (86), Adam (90).

Niderlaniya — Polsha 2:2

Gollar: 0:1 – 18 Kesh, 0:2 – 49 Zelinski, 1:2 – 51 Klassen, 2:2 – 54 Dumfris. 

Niderlandiya: Flekken, Dumfris, de Vrey, Ake, Timber (Teze, 65), Blind, Klassen (Gakpo, 65), de Yong, Bergeys (Kopmeyners, 65), Depay, Bergveyn (Vegorst, 77).

Polsha: Skorupski, Bednarek, Kiver, Bereshinski, Zalevski, Krixovyak, Zelinski, Frankovski (Glik, 84), Guralski (Jurkovski, 58), Kesh, Piontek.

Ogohlantirishlar: Krixovyak (16), Bednarek (20), Bergeys (59), Bergveyn (63), Skorupski (63), Zelinski (83), Jurkovski (86), de Yong (87).

Uels — Belgiya 1:1

Gollar: 0:1 – 50 Tilemans, 1:1 – 86 Jonson.

Ukraina — Armaniston 3:0

Gollar: 1:0 – 61 Malinovskiy, 2:0 – 77 Karavaev, 3:0 – 84 Mikolenko.

Irlandiya — Shotlandiya 3:0

Gollar: 1:0 – 20 Braun, 2:0 – 28 Perrott, 3:0 – 51 Obafemi.

Chernogoriya — Bosniya va Gersogovina 1:1

Gollar: 0:1 – 62 Menalo, 1:1 – 77 Marushich.

Ruminiya — Finlyandiya 1:0

Gol: 1:0 – 30 Banku.

Farer orollari — Litva 2:1

Gollar: 0:1 – 6 Chernix, 1:1 – 20 Davidsen (penalti), 2:1 – 45 Andreasen.

Lyuksemburg — Turkiya 0:2

Gollar: 0:1 – 37 Chalhano’g’lu (penalti), 0:2 – 76 Dursun.