Jurnalist Roy Nemer Argentinaning navbatdagi uchrashuvlarida jamoa sardori kim bo’lishi haqida xabar tarqatdi.
Eslatib o’tamiz, Argentina terma jamoasining doimiy sardori Lionel Messi Chili va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi bo’lib o’tadigan uchrashuvlarni koronavirus sababli o’tkazib yuboradi.
PSJ hujumchisi o’rniga terma jamoani sardor sifatida Anxel Di Mariya maydonga olib tushadi.
28 yanvar kuni Argentina Chili termasi bilan, 2 fevral kuni esa Kolumbiya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
Izohlarni ko`rish