Eron muddatdan avval JCh-2022 yo'llanmasiga ega bo'ldi

JCh-2022 Osiyo saralash bosqich hal qiluvchi raundining 7-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Eron milliy terma jamoasi o’z maydonida Iroqga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:0 hisobida eronlik futbolchilarning g’alabasi bilan yakunlandi.

Bu g’alabadan keyin Eron o’z ochkolari sonini 19taga yetkazdi hamda jahon chempionatiga yo’llanma oldi.

JCh-2022. Osiyo 3-saralash bosqichi.
A guruhi. 7-tur
Eron – Iroq – 1:0
Gol: Mehdi Torimiy, 48