Messi Parijga yo'l oldi

Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatdan so’ng, Messi ta’tilni oilasi bilan o’zi tug’ilib o’sgan Rosario shahrida o’tkazgan edi. Argentina matbuotining yozishiga qaraganda, Messi oilasi bilan shaxsiy samolyotda Parijga uchib ketdi.

Taxminlarga ko’ra, hujumchi 11 yanvar kuni «Anje» bilan bo’lib o’tadigan o’yinda maydonga tushadi. Messi Liga 1ning 13 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.