O'zbekiston Xalqaro boks assotsiatsiyasi reytingida 2-o'rinni egalladi

International Boxing Association saytida milliy boks federatsiyalarining yangilangan reytingi e’lon qilindi.

Jami 135 mamlakat kiritilgan reytingda barcha — 17 ta vazn toifasidagi bokschilarning ko’rsatkichlari umumlashtirilgan.

Qozog’iston O’zbekiston (2-o’rin)ni ortda qoldirib reyting yetakchisiga aylandi. Keyingi o’rinlarda — Hindiston, AQSh va Turkiya.

O'zbekiston Xalqaro boks assotsiatsiyasi reytingida 2-o'rinni egalladi

Ushbu reytingda Ukraina — 12, Armaniston — 14, Rossiya — 15, Qirg’iziston — 38-o’rinda.