Messi oilasi bilan Barselonaga keldi

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi 22 aprel kuni Fransiyadan Kataloniyaga keldi. Bu haqda jurnalist va insayder Jerar Romero xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, 35 yoshli argentinalik forvard ommaga ko’rinish bermaslik uchun aeroportning yashirin yo’li orqali chiqib ketgan. Qayd etilishicha, Lionelning oilasi shu kuni Parijdan 15 ta jomadon bilan qaytgan.

U yozda «PSJ»ni tark etishi kutilayotgani sabab Parijdan Barselonaga qaytishga hozirlik ko’rayotgani aytilmoqda.